Garri Stayls “Glastonbury” festivalida sirli ayol bilan ehtirosli o‘pishdi

Share post:

Garri Stayls “Glastonbury” festivalida sirli ayol bilan ehtirosli o‘pishgani aytilmoqda

31 yoshli sobiq “One Direction” yulduzi shanba kuni do‘stlari bilan musiqa bayramidan zavqlanayotgan edi. Ammo oqshom Garri VIP hududda kimligi noma’lum bir ayol bilan juda yaqin holatda ko‘ringan.

“The Sun” gazetasi e’lon qilgan videoda Garri raqs maydonida bu ayol bilan o‘pishgani aks etgan bo‘lib, guvohlarning aytishicha, ular “ajralmas” holatda bo‘lishgan.

Aytilishicha, Garri do‘stlari bilan VIP zonada bo‘lgan va sirli ayol kelganida uni bir necha bor yanoqlaridan o‘pgan. Shundan keyin Garri uni raqs maydonchasiga yetaklab olib o‘tgan va hech kimdan uyalmasdan qizg‘in o‘pishgan.

Bir manbaning so‘zlariga ko‘ra:

“Garrining butun e’tibori faqat shu ayolda edi. Ular yonma-yon kelgan paytda cheksiz joziba taralayotgandi.”

Manba yana qo‘shimcha qilgan:

“Ular kelganidan taxminan bir soat o‘tib, ko‘pchilik oldida o‘pishib, kim nima derkin deb umuman o‘ylashmadi.”

“Ikkisi ham juda xursand edi va allaqachon bir-birini juda yaxshi taniydigandek yaqin edi,” — deya izoh bergan guvoh.Ma’lumot uchun, Garri Stayls’ning oldingi ochiqcha o‘pishgani 2023-yilda Tokioda supermodel Emily Ratajkovski bilan bo‘lgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Tom Holland yangi trillerda bosh rolni ijro etadi

Britaniyalik aktyor Tom Holland Sony Pictures studiyasining “Penthouse” nomli yangi triller filmida bosh rolni ijro etadi. Shuningdek, u...

Maykl Jekson vafotidan 17 yil o‘tib ham musiqa reytinglarida yetakchilik qilmoqda

Pop qiroli Maykl Jeksonning “The Essential Michael Jackson” albomi 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada eng...

“Maykl” filmi Gotem mukofotiga sazovor bo‘ladi

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2026-yilgi Gotem (Gotham Film Awards) marosimida maxsus musiqiy mukofot...

Ay Yola guruhi “Gremmi”ning ilk saralash bosqichidan joy oldi

Boshqirdistonning Ay Yola musiqiy guruhi “Gremmi” mukofotiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichiga kiritildi. Guruhning “Ural Batyr” albomi va “Aihylyu”...