Filippin poytaxti Manilada o‘tkazilgan “Dunyo go‘zali” tanlovida 21 yoshli Chexiyalik model Natali Pushkinova mutloq g‘olib deb topildi. Tanlovda jami 79 mamlakat vakillari ishtirok etgan.

Natali Pushkinova hozirda Praga yaqinida yashaydi va Karll universitetida “Marketing kommunikatsiyalari va ommaviy aloqalar” bo‘yicha tahsil oladi.
Tanlovning asosiy maqsadi – nafaqat go‘zallik, balki ekologik ongni oshirish va ishtirokchilarni atrof-muhitni himoya qilish elchilari sifatida tayyorlashdir.


