Ranker mediakompaniyasi 2025-yilning eng jozibali aktrisasi nomini aniqlash maqsadida o‘tkazgan so‘rov natijalarini e’lon qildi. Ushbu reytingda yetakchi o‘rinni Ana De Armas egalladi. Aktrisaga 13 mingga yaqin kishi ovoz berdi.

Ana de Armas bu unvonni ilk bor qo‘lga kiritmayapti: u ilgari “Dunyodagi tabiiy jihatdan eng go‘zal ayollar” va “2025-yilning eng go‘zal ispan va lotin amerikalik ayollar” reytinglarida ham birinchi o‘rinni egallagan.
Ana de Armasning Gollivuddagi faoliyati 2014-yilda boshlanib, uning debyut loyihasi Kianu Rivz bilan suratga olingan “Bu yerda kim bor?” trilleri bo‘lgan. Ushbu filmdan so‘ng, aktrisa asta-sekin tanila boshladi. Ikki yil o‘tib, u “Tig‘ ustida yuguruvchilar 2049” ilmiy-fantastik filmida rol ijro etib, birinchi marta jahon miqyosida mashhurlikka erishdi.
Ana de Armasning yana bir diqqatga sazovor ishlari qatorida “Qinidan chiqqan pichoqlar” detektiv filmi bor. Ushbu rol uchun u “Oltin Globus” mukofotiga nomzod bo‘lgan va tanqidchilar tomonidan yuksak baholangan.
Bundan tashqari, aktrisa “O‘lim vaqti emas” filmida 007 agentining qizi rolini ijro etgan. 2022-yilda esa u Merilin Monro rolini “Mallasoch” dramasida ajoyib tarzda gavdalantirgan. Ushbu loyiha bilan Ana de Armas “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi.
Eng go‘zal aktrisalar reytingida ikkinchi o‘rinni 11 551 ta ovoz bilan Margo Robbi egalladi. U nafaqat ajoyib aktrisalik mahorati bilan, balki keng auditoriyaga ega bo‘lgan mashhurligi bilan ham tanilgan. Kuchli uchlikni esa 11 195 ta ovoz bilan Skarlett Yoxansson yakunladi. U ham Gollivudning eng taniqli yulduzlaridan biri bo‘lib, turli janrlardagi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.
Yilning eng go‘zal aktrisalari ro‘yxati quyidagicha:
1-o‘rin – Ana de Armas

2-o‘rin – Margo Robbi

3-o‘rin – Skarlett Yoxansson

4-o‘rin – Sidni Suini

5-o‘rin – Jessika Alba

6-o‘rin – Lili Kollins

7-o‘rin – Viktoriya Jastis

8-o‘rin – Salma Xayek

9-o‘rin – Aleksandra Daddario

10-o‘rin – Minka Kelli


