Time jurnali mashhur aktyor Leonardo Di Kaprioni 2025-yilning “Eng yaxshi artisti” deb e’lon qildi

Share post:

Maqolada ta’kidlanishicha, Di Kaprioni o‘z tengdoshlari orzu qiladigan darajada yorqin va sermahsul karyera yaratgan. Uning ilk katta yutug‘i bo‘lgan 1993-yilda suratga olingan “Bu bolaning hayoti” filmidagi ijrosi yosh bo‘lishiga qaramay, tanqidchilarni hayratga solgan va aktyorning kelajakdagi ulkan salohiyatidan darak bergan.
Nashr, shuningdek, uning qandaydir charchoq bilmaydigan, kameralar oldida hamisha tetik va jozibali ko‘rinadigan chehrasini alohida ta’kidlaydi.

Bugungi kunda 51 yoshni qarshilagan Di Kaprio 50 ga yaqin filmlarda rol ijro etgan. Uning ijodi orasida “Omon qolgan” filmi alohida o‘rin tutadi — aynan shu asar unga kutilgan “Oskar” mukofotini olib kelgan. Shuningdek, aktyor “BAFTA”, “Oltin globus”, “Kumush ayiq” kabi nufuzli mukofotlar sohibi hamdir.

Aynan shunday iste’dod, mehnat va o‘ziga xoslik Leonardo Di Kaprioni bugungi kunda ham jahon kinosining eng yorqin siymolaridan biri sifatida tanilishiga sabab bo‘lmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Bepul kinonamoyishlarga marhamat!

1−25-fevral kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 2025-yilda suratga olingan eng yangi o‘zbek filmlarining 25 kunlik bepul kinonamoyishlar...

Hollywood tepaligida Sidni Suini bilan mojaro

Aktrisa 26-yanvar kuni kechasi Los-Anjelesdagi mashhur “Hollywood” belgisi ustiga chiqib, ko‘plab ichki kiyimlarni harflar ustiga ilib chiqqan. Bu...

“Oskar – 2026” ga nomzodi qo‘yilgan animatsion filmlar

“Oskar–2026” uchun “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasiga bir necha yirik va turlicha loyihalar nomzod bo‘ldi. Bu yo‘nalish har...

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlar topildi

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlari namunalari topildi. Topilma qadimgi odamlar Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab qanday va qaysi yo‘llar bilan tarqalganiga...