Selena Gomez o‘zining Rare Beauty kosmetik brendini Ulta Beauty do‘konlar tarmog‘ida sotuvga chiqarilishini noodatiy tarzda — dron shou yordamida nishonladi.

Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan tadbirda osmonni yoritgan 600 dan ortiq dron “Ulta ♥ Rare Beauty” yozuvi va brendning mashhur mahsulotlari shaklini hosil qildi. Ushbu shou Rare Beauty’ning Ulta bilan hamkorligi ramziy bayramiga aylandi.

Endilikda Rare Beauty mahsulotlari AQSh bo‘ylab 1500 dan ortiq Ulta Beauty do‘konlarida sotuvga chiqarildi. Bu brend uchun katta qadam bo‘lib, avvalroq u faqat Sephora do‘konlarida mavjud edi.
Selena Gomez tadbirda shaxsan ishtirok etdi va bu voqeani “hayotimda birinchi marta shunday katta miqyosdagi ish qilayapman” deb ta’rifladi. U brendining yanada keng auditoriyaga yetib borayotganidan faxrlanishini aytdi.
Ta’kidlash joiz, Rare Beauty nafaqat tijoriy muvaffaqiyat, balki ijtimoiy missiya bilan ham ajralib turadi — brend Rare Impact Fund orqali ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini moliyalashtirib keladi.

