Netflix Frida Kalo hayoti haqida serial suratga oladi

Share post:

Netflix mashhur meksikalik rassom Frida Kalo va uning turmush o‘rtog‘i, rassom Diyego Rivera hayoti haqida yangi serial ustida ishlashni boshladi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Serial “Ausente Negro” (“Qorong‘ilik yo‘q”) nomli roman asosida suratga olinadi. Asarda Kalo va Riveraning murakkab, ehtiroslarga boy munosabatlari tasvirlanadi. Loyiha ularning sevgisi, xiyonati va ijodi o‘sha davrning siyosiy hamda ijtimoiy muhitidan qanday ta’sirlanganini ko‘rsatishni maqsad qiladi.

Serial ssenariysi ustida Mariya Rene Prodeniso ishlaydi. Rejissyorlar esa Patrisia Riggen va Gebriyel Ripshtein bo‘ladi. Loyihaning rasmiy nomi hozircha e’lon qilinmagan.

Frida Kalo (1907–1954) — Meksikaning eng mashhur rassomlaridan biri hisoblanadi. Uning asarlarida realizm, ramziylik va xalqona motivlar uyg‘unlashgan.

Rassom 18 yoshida og‘ir avtohalokatga uchrab, umurtqa pog‘onasining uch joyidan sinishi, tos, qovurg‘a va oyog‘ining jarohatlanishi kabi og‘ir tan jarohatlari olgan. Bundan tashqari, temir panjara uning qorin qismidan o‘tib ketgan. Shu voqeadan so‘ng Kalo umrining oxirigacha kuchli og‘riqlardan aziyat chekkan.

U 1929-yilda mashhur rassom Diyego Riveraga turmushga chiqqan. Ularning munosabatlari san’at olamidagi eng murakkab va ehtirosli juftliklardan biri sifatida tarixda qolgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopez ajrashishni hayotidagi yangi bosqich deb atadi

Amerikalik pop yulduzi Jennifer Lopez sobiq turmush o‘rtog‘i Ben Afflek bilan ajrashishini hayotidagi muhim burilish nuqtasi deb atadi....

Billi Aylish katta kinoda debyut qilishi mumkin

Mashhur amerikalik qo‘shiqchi Billi Aylish faoliyatining yangi yo‘nalishini sinab ko‘rmoqchi. Variety nashri xabariga ko‘ra, u o‘zining ilk katta...

Uzoq kutilgan “Sakrovchilar” multfilmi jahon prokatida qanday natija ko‘rsatmoqda?

Innovatsion animatsion filmlari bilan mashhur bo‘lgan Pixar studiyasi so‘nggi yillarda original loyihalar borasida qiyin davrni boshdan kechirayotgan edi....

Anya Teylor-Joy “Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” filmida rol o‘ynashi mumkin

Warner Bros. 2024-yilda “Uzuklar hukmdori: Gollumni ovlash” filmi ustida ish boshlash rejalari haqida e’lon qilgan edi. Shundan beri...