Muqaddas Xoliqova “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

Share post:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Bayram munosabati bilan 72 nafar faol ayollar davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur hujjatga muvofiq, mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga yuksak ehtirom ko‘rsatish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda nufuzini oshirish, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining boy tajribasi va tashabbuskorligi bilan ibrat bo‘lib kelayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida bir guruh faollar davlat mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Ular orasida O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi, Oʻzbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ham “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Muqaddas Xoliqova ko‘p yillardan buyon milliy teatr san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U sahnada turli xarakter va taqdir egalarini mahorat bilan gavdalantirib, tomoshabinlar mehrini qozongan. Muqaddas Xoliqova ijrosidagi koʻplab filmlar haligacha sevib tomosha qilinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Selena Gomez Teylor Svift u haqida qo‘shiq kuylaganini tasdiqladi

Selena Gomez amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Teylor Svift u haqda qo‘shiq yozganini aytdi. “Dorothea” treki aynan unga bag‘ishlangani...

Deniyel Redkliff o‘g‘lining aktyor bo‘lishini istamaydi

“Garri Potter” filmidagi bosh roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Deniyel Redkliff o‘g‘lining aktyorlik kasbini tanlashini istamasligini aytdi. Bu...

O‘zbekistonda “Gruziya madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tadi

Poytaxtimizda 9-10-mart kunlari “Gruziya madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Madaniyat kunlari davomida “Gruziya madaniyati kunlari”ning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan...

Pi Diddi jazo muddatidan oldin ozod qilinadi

Hozirda aktyor Pi Diddi “Fort-Dix” jazoni o‘tash markazida saqlanmoqda. Amerikalik reper va musiqiy magnat Shon Kombs jazo muddatini qisqartirish...