Mish-mishlar tufayli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan Diana yana kino olamida

Share post:

Behayo videolar oqibatida karyerasini to‘xtatishga va boshqa davlatga ketishga majbur bo‘lgan Diana kino olamidan voz kecholmasligiga amin bo‘ldi.

Diana Yagofarova — mashhur o‘zbek aktrisasi, 1989-yil 27-fevralda Toshkentda tug‘ilgan. Maktab paytlaridanoq o‘zidagi aktrisalik qobiliyatini rivojlantirib borgan.

Teatr to‘garagiga qatnashda davom etgan 18 yoshli Diana kunlarning birida taniqli o‘zbek kinorejissyori Bahrom Yoqubovning e’tiboriga tushadi. Aynan Bahrom Yoqubov Dianaga o‘zini kinoda sinab ko‘rishni taklif qiladi. Shu tarzda Diana ijodga kirib keladi hamda 2008-yilda Bahrom Yoqubovning “Tashlandiq” deb nomlangan filmida epizod rolni ijro etadi. 2008-yilda Diana bosh rolni ijro etgan “Super kelinchak” filmi katta ekranlarda namoyish etildi. Film taqdimotidan so‘ng Diana haqiqiy ma‘noda kino yulduziga aylandi. Bu esa aktrisani nafaqat O‘zbekiston balki MDH davlatlarida mashhur qilgan. 2009-yilda esa “Ichkuyov” va “Zirapcha” filmlarida suratga tushgan.

Skandal va tanaffus

“Super kelinchak” filmidagi yutuqdan so‘ng, Bahrom Yoqubov bilan bog‘liq, unga o‘xshash qiz ishtirokidagi behayo video tarqaldi. Bu skandal aktrisani kuchli ruhiy bosim ostiga olib kirdi, hatto u o‘z joniga qasd qilishga uringanini aytgan. U 15 yil davomida ekranlarda ko‘rinmadi, bu davrda oilasiga e’tibor qaratdi va vaqtini farzandlari tarbiyasiga bag‘ishladi.

Shaxsiy hayoti

2009-yil Diana Murod Yunusxo‘jayev bilan turmush qurishdi. Murod va Diana 14 yil birga yashashdi. Bu vaqt ichida ular uch o‘g‘ilning ota-onasi bo‘lishdi. 2023-2024-yillar oralig‘ida ular rasman ajrashdi.

Kino va ijodga qaytish

Diana Yagofarova 2024-yilda Qozog‘istonda suratga olingan “Ketdik, hammasini tashla” komediyali kriminal filmidagi roli bilan qaytdi. O‘zbekistonda esa 2024-yilning yanvar oyida uzoq yillik tanaffusdan so‘ng aktrisa ishtirokidagi rejissyor Husan Habibullayevning “Odina” badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Unda aktrisa aosiy rollardan biri, ona obrazini ijro etgan.

Aktrisa bizga bergan intervyusida shunday dedi:


“Uzoq tug‘ruq ta’tilim endi tugadi. Bolalarim ancha katta bo‘lib qolishdi. Endi kasbimga qaytayapman. “Odina” filmida bosh qahramonning onasini o‘ynadim. Bu yoshlarbop, musiqiy komediya. Film 2009-yilda “Zirapcha” filmida birga rol o‘ynagan akamning debyut ishi. Ular ssenariyni yozganini eshitib, darhol yordam berishga shoshdim. Ularga muvaffaqiyat, filmga omad tilayman. O’zimni qulay his qilyapman. Aslida, hech narsa o‘zgarmagan. Faqat yangi yuzlar, yangi aktyorlar ko‘paygan. Men hatto avvalgidanda yaxshiroq o‘ynadim. Kelgusida o‘zbek kinosida tarixiy, mashhur ayol rolini o‘ynashni istardim.”

Xulosa qilib aytganda, Diana Yagofarova o‘zbek kino sanoatining yorqin yulduzi bo‘lib, hayotidagi sinovlar va skandallar ortidan 15 yillik tanaffusdan so‘ng qarorli ravishda ijodga qaytdi. Endi u nafaqat aktrisa, balki mustaqil va kuchli ona sifatida ham ijobiy imijga ega. Aktrisa hozirda film va serial proyеktlarida faol ishtirok etmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jastin Timberleyk “Layma” kasaliga chalindi

Mashhur qo‘shiqchi va aktyor Jastin Timberleyk muxlislarini tashvishga solgan yangilik bilan o‘rtoqlashdi. San’atkor unga “Layma” kasalligi tashxisi qo‘yilganini...

Mark Ruffalo yana Xalk rolida

Marvel kinoolamida muxlislarni hayajonga soluvchi yangiliklar bor. Mashhur aktyor Mark Ruffalo yana Xalqk ro‘liga qaytmoqda. U Tom Holland...

Xitoyda robot teatr akademiyasi talabasi bo‘ldi

Xueba 01 (xitoy tilidan tarjimada — “a’lochi”) Shanxay teatr akademiyasining “Dramaturgiya va kino” bo‘yicha doktorantura dasturi talabalar safiga...

Avgust oyidagi muhim premyeralar

 “Uensdey – 2”Uensdey yana “Nevermor” akademiyasiga qaytadi. Bu safar u nafaqat yangi jumboqlar zanjirini yechishi, balki oilaviy munosabatlarni...