Meksikalik aktyor Xerardo Tarasena vafot etdi

Share post:

55 yoshli, “Apokalipto” va “Meksikalik” filmlari bilan tanilgan aktyor Xerardo Tarasena vafot etdi, uning o‘lim sababi hozircha ma’lum qilinmagan.

Meksika Aktyorlar Milliy Assotsiatsiyasi ushbu qayg‘uli xabarni tasdiqlab, marhumning oila a’zolari, do‘stlari va butun ijodiy jamoatchilikka hamdardlik bildirdi. “Uning ishlari va unutilmas chehrasi milliy kinematografiyamiz xotirasida abadiy qoladi”, — deyiladi Meksika Kino Akademiyasi bayonotida.

Xerardo Tarasena 1970-yil 27-mart kuni Mexiko shahrida tug‘ilgan. U xalqaro miqyosda 2006-yilda Mel Gibson suratga olgan “Apokalipto” filmi orqali tanildi. Unda u Midl Ay ismli indeys obrazini yaratgan. Bungacha aktyor 2001-yilda Bred Pitt va Julia Roberts ishtirokidagi “Meksikalik” filmida rol o‘ynagan.

2007-yilda u “Skripka” filmidagi ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli uchun milliy “Ariel” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning boshqa mashhur ishlari qatoriga “Narcos”, “Janub malikasi” seriallari, shuningdek “G‘azab”, “Osmon hukmdori” va “Ozodlik ovozi” filmlari kiradi.

Xerardo Tarasena faoliyatini teatr va raqs festivallaridagi chiqishlardan boshlagan. U 2001-yilda kinoda ilk bor debyut qilgan. Uning ijod yo‘li Gollivud loyihalari bilan bir qatorda Meksika milliy kinosiga qo‘shgan muhim hissasi bilan ham ajralib turadi. Shu bois u tanqidchilar e’tirofi va tomoshabinlar mehrini qozongan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Robin Gudning o‘limi” — afsonaning yangi talqini

2026-yil 19-iyun kuni xalqaro miqyosda kinoteatrlarda namoyish etiladigan “Robin Gudning o‘limi” filmi kino ixlosmandlari uchun yot bo‘lmagan yangi...

Pixar — bugun 40 yoshga to‘ldi

Bugun dunyodagi eng mashhur animatsiya studiyalaridan biri — Pixar o‘zining 40 yilligini nishonlamoqda. Ushbu studiya nafaqat texnologik yutuqlari,...

Jonni Depp “Rojdestvo qissasi” filmida

Mashhur aktyor Jonni Depp yangi kinoloyihada — Charlz Dikkensning klassik asari “Rojdestvo qissasi” (A Christmas Carol) ekran talqinida...

“Gremmi-2026” g‘oliblari bilan tanishing

Los Anjelesda 68- “Gremmi” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning eng nufuzli musiqiy mukofotlaridan biri hisoblangan marosimda yilning...