Makoley Kalkin Los-Anjelesda 10 million dollarga villa oldi

Share post:

Mashhur  juftlik Makoley Kalkin va Brenda Song Los-Anjeles hududida yangi mulk sotib olishdi. TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, ular obyektni 10,3 million dollarga sotib olishgan.

Rezidensiyaning maydoni taxminan 950 kvadrat metr bo‘lib, uyda 6 yotoqxona, 9 hammom, sport zali, ish xonasi va shaxsiy kinozal mavjud. Villaning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri — bolalar o‘yinlari va ko‘ngilochar faoliyatlar uchun maxsus joy bor. Atrofdagi hudud 0,6 gektar maydonni egallaydi va unda dengiz suvli basseyn, spa zonasi, sport maydonchasi va barbekyu hududi mavjud.

Makoley Kalkin va Brenda Song odatda o‘z munosabatlarini keng jamoatchilikka oshkor qilmaydilar. Istisno sifatida 2023-yilda Gollivuddagi Shuhrat xiyobonida Makoley Brenda’ga sevgisi va qo‘llab-quvvatlashi uchun ommaviy minnatdorlik bildirgan.

Kalkin butun dunyoga mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan filmlari: “Home Alone” (“Uyda yolg‘iz”), “My Girl” (“Mening qizim”) va “Richie Rich” (“Boy Richi”) hisoblanadi. Biroq erta mashhurlikning salbiy tomoni ham bo‘lgan: doimiy suratga olish ishlari tufayli u deyarli beg‘ubor bolalikni yashay olmadi va erta katta bo‘lishga majbur bo‘ldi. Shu sababli, aktyor 14 yoshida suratga tushishni to‘xtatib, kameralar tashqarisida o‘z hayotini yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Milli Bobbi Braun Gollivudning eng ko‘p haq oladigan aktyorlari ro‘yxatiga kirdi

Forbes har yili e’lon qiladigan Gollivudning eng ko‘p haq oladigan aktyorlari ro‘yxatini chiqardi. Unda ba’zi yulduzlar bir necha...

Uraz Kaygilaro‘g‘lu: 140 kilogrammdan mashhurlikkacha

Turkiyaning mashhur aktyorlaridan biri bo‘lgan Uraz Kaygilaro‘g‘lu bugungi kunda serial va kino olamida taniqli yuzlardan biri hisoblanadi. Biroq...

Netflix Frida Kalo hayoti haqida serial suratga oladi

Netflix mashhur meksikalik rassom Frida Kalo va uning turmush o‘rtog‘i, rassom Diyego Rivera hayoti haqida yangi serial ustida...

Jennifer Lopez ajrashishni hayotidagi yangi bosqich deb atadi

Amerikalik pop yulduzi Jennifer Lopez sobiq turmush o‘rtog‘i Ben Afflek bilan ajrashishini hayotidagi muhim burilish nuqtasi deb atadi....