Los Anjelesda 68- “Gremmi” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning eng nufuzli musiqiy mukofotlaridan biri hisoblangan marosimda yilning eng yaxshi san’atkorlari va asarlari e’tirof etildi.
Bu yil asosiy sovrinlaridan biri — “Yilning eng yaxshi albomi” mukofoti Bed Banniga nasib etdi. Uning albomi tarixda ilk bor ispan tilidagi albom deb topildi.

Kendrik Lamarni esa kechaning haqiqiy yulduzi bo‘ldi desak yanglishmaymiz. U bir vaqtning o‘zida to‘rtta haykalchani qo‘lga kiritib, ularning sonini 26 taga yetkazdi. Shu bilan u 25 ta Gremmiga ega bo‘lgan Jay-Z’ni ortda qoldirdi va tarixdagi eng ko‘p “Gremmi” olgan reperlardan biriga aylandi.

“Gremmi–2026” marosimining asosiy nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ro‘yxati:
• Yil albomi: “Debi Tirar Mas Fotos” — Bed Banni
• Yil musiqasi: “Luther” — Kendrik Lamar va SZA
• Yil qo‘shig‘i: “Wildflower” — Billi Aylish va Finneas O‘Konnell
• Eng yaxshi yangi xonanda: Oliviya Din
• Eng yaxshi yakkaxon pop ijrosi: “Messy” — Lola Yang

• Eng yaxshi duet yoki guruh pop ijrosi: “Defying Gravity” — Sintiya Erivo va Ariana Grande
• Eng yaxshi pop albomi: “Mayhem” — Ledi Gaga
• Eng yaxshi raqs/elektro albom: “Eusexua” — FKA twigs
* Eng yaxshi rep albomi: «GNX — – Kendrik Lamar
* Eng yaxshi r & b albomi:» Mutt » — Leon Tomas

• Eng yaxshi rok albomi: “Never Enough” — Turnstile
• Eng yaxshi alterbativ albom: “Songs of a Lost World” — The Cure
• Lotin Amerikasining eng yaxshi pop albomi: “Cancionera” — Natalia Lafourcade
• Eng yaxshi musiqiy klip: “Anxiety” — Doechii
• Eng yaxshi raqsbop pop musiqasi: “Abracadabra” — Ledi Gaga
• Eng yaxshi rep ijrosi: “Chains & Whips” — Clipse, Pusha T va Malice feat. Kendrik Lamar va Farel Uilliams
• Eng yaxshi rok ijrosi: “Changes” (Villa Parkdan) Back to the Beginning — Yungblud feat. Nuno Bettencourt, Frank Bello, Adam Ueykman.
• Eng yaxshi R&B ijrosi: “Folded” — Kehlani
• Yilning eng yaxshi taronalar muallifi: Emi Allen
• Eng yaxshi remiks: “Abracadabra” (Gesaffelstein Remix) — Gesaffelstein

