Film guruhning uzoq tanaffusdan keyingi qayta birlashishining sahna ortidagi hikoyasini ochib beradi.

27-mart kuni mashhur striming platformasida “BTS: THE RETURN” nomli hujjatli film namoyish etiladi. Film rejissyor Bao tomonidan suratga olingan bo‘lib, tomoshabinlarga Janubiy Koreya yulduzlarining deyarli to‘rt yillik tanaffusdan keyingi birlashish jarayoniga guvoh bo‘lish imkoniyatini beradi. Bu tanaffus guruhning barcha a’zolarining majburiy harbiy xizmatidan o‘tishi bilan bog‘liq edi.
Film guruh a’zolari — RM, Jin, Shuga, Jey-Houp, Vi, Chimin va Joguk — birinchi marta Los-Anjelesdagi studiyada yig‘ilgan lahzaga e’tibor qaratadi. Tomoshabinlar ularning ijodiy izlanishlari, yangi musiqiy yo‘nalishni muhokama qilishi va yillar davomida birga yaratgan birinchi qo‘shiqlar ustida ishlash jarayonini ko‘radi. Bu qo‘shiqlar yangi “Arirang” albomiga kiritiladi. Film nafaqat ish jarayonini, balki ushbu tarixiy qaytish bilan bog‘liq shaxsiy his-tuyg‘ularni ham namoyish etadi.
Filmnig premyerasi BTS’ning keng qamrovli qaytish oldi markaziy voqeasi bo‘ladi. Ushbu voqeadan oldin 21-martda Seuldagi Kvanxvamun maydonida bo‘lib o‘tadigan va jonli efirda translyatsiya qilinadigan global strim-konsert “BTS THE COMEBACK LIVE | ARIRANG” taqdim etiladi. Albom chiqishidan so‘ng guruh “BTS WORLD TOUR ‘ARIRANG’ (2026-2027)” nomli keng qamrovli jahon turga chiqadi, u Osiyo, Amerika va Yevropani qamrab oladi.

