Bred Pitt bilan sud mojarolari Anjelina Jolining sog‘lig‘ini izdan chiqarmoqda

Share post:

Aktrisaning yaqinlari ma’lumotiga ko‘ra, uzoq davom etayotgan huquqiy jarayonlar uning jismoniy va ruhiy holatini yomonlashtirgan. Radar Online nashrining xabar berishicha, farzandlari onasini qo‘llab-quvvatlash uchun doimiy, ya’ni 24 soatlik tibbiy kuzatuv tashkil etgan.

Bolalar navbatma-navbat Anjelina Jolining yonida bo‘lib, unga ham ma’naviy, ham jismoniy yordam ko‘rsatmoqda. 24 yoshli Meddoks, 22 yoshli Paks, 20 yoshli Zahara, 19 yoshli Shaylo hamda 17 yoshli egizaklar — Noks va Vivyen onalariga g‘amxo‘rlik qilishni ustuvor vazifa deb bilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, er-xotinning ajrashuviga Bred Pittning spirtli ichimliklarga bo‘lgan qaramligi sabab bo‘lgan. Ajrim rasman yakunlangan bo‘lsa-da, sobiq juftlik o‘rtasidagi nizolar hanuzgacha davom etmoqda. Xususan, Chateau Miraval vino zavodi bilan bog‘liq biznes kelishmovchiliklari sud orqali hal etilmoqda. Bred Pitt Anjelina Joliga qarshi da’vo arizasi kiritib, uning korxonadagi ulushini yashirin tarzda sotganini da’vo qilmoqda.

Shuningdek, avvalroq Anjelina Joli yaqin kelajakda AQSHni tark etib, Yevropaga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunga sabab sifatida aktrisaning 2016-yildan beri yashab kelayotgan Los-Anjelesdagi uyini sotuvga qo‘ygani ko‘rsatilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jan Yaman ayblovlarni rad etdi va Italiyaga qaytdi

Mashhur turk seriali “Tong qushi” yulduzi Jan Yaman so‘nggi kunlarda giyohvandlik bilan bog‘liq ayblovlar markazida bo‘ldi. Turkiya matbuoti...

“Oltin Globus – 2026” taqdirlash marosimi qanday o‘tdi?

2026-yil 83-marotaba o'tkazilgan “Oltin Globus” taqdirlash marosimi 11-yanvar kuni Los-Anjelesdagi "Beverli Xilton” mehmonhonasida bo'lib o'tdi. “Oltin Globus” kino...

Coca-Cola Bruna Tavares brendi bilan birgalikda dekorativ kosmetika kolleksiyasini taqdim etdi

Afsonaviy Coca-Cola brendi o‘z ta’sir doirasini kengaytirishda davom etmoqda. Bu safar u moda va layfstayl chegaralaridan chiqib, dekorativ...

Rasmdagi DNK izi Da Vinchiga tegishli bo‘lishi mumkin(mi?)

Olimlar Leonardo da Vinchiga tegishli bo‘lishi ehtimol qilingan rasmda genetik iz (DNK izi)ni aniqladi.Xalqaro tadqiqotchilar guruhi Leonardo da...